Keyslar
O'quvchilarimiz kursdan keyin qurgan real loyihalar. Hech biri dasturchi emas edi. Ochib ko'ring — endi navbat sizda.
Zarifjon Gulomov — arab tili CEFR mock imtihon platformasi
A1 dan C2 gacha arab tili bilimini sinash, Listening, Reading, Writing va Speaking bo'limlari bo'yicha AI baholash hamda PDF sertifikat olish platformasi.
Dilmurodjon Abbosov — videoga avtomatik subtitr qo'yuvchi AI
Videoni yuklang — Subtitr o'zbekcha nutqni aniqlab, so'zma-so'z animatsiyali subtitrlarni o'zi yopishtirib beradi.
Asilbek Jabborov — stomatologiya navbatini boshqaradigan tizim
Bemor Telegram bot orqali navbat oladi, yashil chiroq yonganda qabulga kiradi — klinika esa butun oqimni bitta paneldan boshqaradi.
Abdulaziz Sukhrobjonov — sanoat uskunalari uchun korporativ sayt
Vibe Coding kursining 6-kunidayoq real buyurtma oldi. Farg'onadagi sanoat majmuasi uchun uch tilli korporativ sayt qurdi.
Ibrohim Abrolov — dizayndan mijoz loyihalarigacha
UX/UI dizayner va Framer mutaxassisi. Kursdan keyin o'z portfoliosini qurdi va mijozlar uchun sayt yasay boshladi.
Sarvar Salimov — Toshkent bog'lari bo'ylab 360° sayohat
Toshkent istirohat bog'larini 360° formatda kashf eting — virtual turlar, batafsil ma'lumot va uch tilli interfeys bitta platformada.