Asosiy kontentga o'tish
Kirish
Barcha keyslar

Dilmurodjon Abbosov — videoga avtomatik subtitr qo'yuvchi AI

Videoni yuklang — Subtitr o'zbekcha nutqni aniqlab, so'zma-so'z animatsiyali subtitrlarni o'zi yopishtirib beradi.

Vibe Coding Ismoil Safarov 359

Dilmurodjon Abbosov o'zbekcha videolarga subtitr qo'yishdagi eng zerikarli ishni — har bir so'zni qo'lda terib, vaqtiga moslashni — sun'iy intellektga topshirdi. Video yuklanadi, subtitr yopishtirilgan holda qaytadi.

Nima qurilgan

Subtitr o'zbek tilidagi nutqni aniqlaydi va so'zma-so'z animatsiyali subtitrlarni videoga avtomatik yopishtiradi. Lotin va kirill alifbolari, sakkizta tayyor uslub, tayyor natija esa bir bosishda MP4 bo'lib yuklab olinadi.

Qanday foydalanasiz

  1. subtitr.uz saytiga kiring

  2. Videoni tortib tashlang yoki bosib tanlang — MP4, MOV, MKV, WEBM, 200 MB gacha

  3. Transkripsiyani ko'rib chiqing, uslub va shriftni tanlang

  4. Subtitr yopishtirilgan MP4 faylni yuklab oling

Sayt ishlab turibdi — bepul sinab ko'ring!

Sizga yoqdimi?

Endi navbat sizniki!

Bu loyiha ham xuddi shunday boshlangan — nol tajribadan. Videokurslardan boshlang va o'z keysingizni quring!