Asosiy kontentga o'tish
Kirish

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 10.06.2026

1. Qaysi ma'lumotlarni yig'amiz

  • Hisob ma'lumotlari: ism-familiya, email manzil, parol (faqat shifrlangan ko'rinishda saqlanadi).
  • Texnik ma'lumotlar: IP manzil, qurilma/brauzer turi, kirish vaqtlari — hisob xavfsizligi uchun.
  • O'quv faolligi: qaysi darslarni tugatganingiz, savollaringiz, sertifikatlaringiz, reyting ballaringiz.
  • Foydalanish tahlili: sahifalardan qanday foydalanishingiz (Microsoft Clarity orqali anonimlashtirilgan tahlil).

2. Ma'lumotlardan qanday maqsadda foydalanamiz

  • Xizmat ko'rsatish: kurslarga kirish, progress saqlash, sertifikat berish;
  • Xavfsizlik: hisobni bo'lishishdan himoya, yangi qurilmani email orqali tasdiqlash;
  • Aloqa: email tasdiqlash, parol tiklash, muhim bildirishnomalar yuborish;
  • Platformani yaxshilash: foydalanish tahlili asosida UX'ni rivojlantirish.

Ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga sotmaymiz.

3. Cookie va sessiyalar

Platforma ishlashi uchun zarur cookie'lardan foydalanamiz: kirish sessiyasi, qurilma identifikatori (xavfsizlik uchun) va mavzu (dark/light) sozlamasi. Bular platformaning asosiy funksiyalari uchun majburiy.

4. Uchinchi tomon xizmatlari

Platforma quyidagi ishonchli xizmatlardan foydalanadi:

  • Google — "Google orqali kirish" funksiyasi (faqat ism va email olinadi);
  • Brevo — tranzaksion emaillar (tasdiqlash, parol tiklash) yuborish;
  • Bunny CDN / YouTube — video darslarni yetkazib berish;
  • Cloudflare — sayt tezligi va himoyasi;
  • Microsoft Clarity — foydalanish tahlili (heatmap, sessiya yozuvlari).

5. Ma'lumotlar xavfsizligi

  • Barcha aloqa HTTPS orqali shifrlanadi;
  • Parollar qaytarib bo'lmaydigan hash ko'rinishida saqlanadi;
  • Ma'lumotlar bazasiga kirish qat'iy cheklangan.

6. Saqlash muddati

Hisob ma'lumotlaringiz hisobingiz faol bo'lgan davrda saqlanadi. Sertifikat yozuvlari ularning haqiqiyligini tekshirish imkoni saqlanishi uchun muddatsiz saqlanadi.

7. Sizning huquqlaringiz

  • Profil sahifasida ismingizni o'zgartirishingiz mumkin;
  • Hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rashingiz mumkin — biz bilan bog'laning;
  • Qaysi ma'lumotlaringiz saqlanayotgani haqida so'rov yuborishingiz mumkin.

8. O'zgartirishlar

Siyosat yangilanishi mumkin — muhim o'zgarishlar haqida platforma orqali xabar beramiz.

9. Aloqa

Maxfiylik bo'yicha savollar uchun: Telegram — @insanakademiya