Asosiy kontentga o'tish
Kirish

UX/UI Praktikum kursi

5 ta moduldan iborat videokurs. UX/UI bo'yicha amaliyotga asoslangan eng muhim mavzularni to'liq qamrab olgan professional kurs — Layout/Grid'dan tortib AI bilan ishlash va xalqaro karyeragacha.

Muallif: Ismoil Safarov · Senior UX/UI Designer · Insan Agency asoschisi

5 ta modul
47 ta videodars
19 soat 27 daqiqa
Cheklanmagan

Bu kursda nimalarni o'rganasiz?

Layout, Grid va Kompozitsiya

Wireframe'dan boshlab grid tizimlari, masofa va o'lchamlarni o'zlashtirib, sayt strukturasini professional darajada qurish.

UI dizayn prinsiplari

UI qoidalar kitobi, tipik dizayn xatolari, UI Kit ishlab chiqish va Design Checklist bilan ishlash.

UX dizayn prinsiplari

Sitemap, UserFlow, CJM, Usability Test, ma'lumotlar arxitekturasi va texnik topshiriq tayyorlash.

UI stillari va Redesign

Color Style, Style Guide, sayt shaxsiyatini belgilash va real saytlarni redesign qilish ko'nikmasi.

Dashboard va App Design

Murakkab tizimlar — Dashboard, CRM, onlayn ta'lim platformasi va mobil ilovalarni loyihalash.

Sun'iy intellekt bilan ishlash

ChatGPT va Galileo AI vositalarini dizayn jarayoniga integratsiya qilib, ish tezligini sezilarli oshirish.

Real keyslar bilan amaliyot

ilmizla.uz, Instavibe.uz, Dashboard va App kabi real loyihalar ustida ishlab, professional portfolio kollektsiyasini shakllantirish.

Portfolio va CV

Bozorda raqobatbardosh portfolio yaratish va hh.uz uchun professional CV tayyorlash.

Frilans va xalqaro karyera

Mijoz bilan ishlash, intervyuga tayyorlanish, frilans ish topish va xalqaro bozorga chiqish strategiyasi.

Kurs dasturi

Kurs kimlar uchun mo'ljallangan?

Foundation tamomlagan dizaynerlar

UX/UI Foundation kursini yoki Figma asoslarini o'zlashtirib, keyingi professional bosqichga o'tishni rejalashtirayotganlar.

Junior dizaynerlar

1-2 yillik tajribaga ega bo'lib, Middle yoki Senior darajaga ko'tarilish uchun amaliy ko'nikmalarni rivojlantirmoqchilar.

Mahsulot dizaynerlari

Dashboard, CRM, mobil ilova va onlayn ta'lim platformalari kabi murakkab tizimlarni loyihalashga ixtisoslashmoqchilar.

In-house dizaynerlar

IT kompaniyalarda ishlab, professional darajani oshirib, Middle yoki Senior pozitsiyasiga ko'tarilmoqchilar.

Tadbirkorlar va startap asoschilari

O'z biznesi yoki startapi uchun Dashboard, CRM va mobil ilova dizaynini mustaqil yaratishni xohlovchilar.

Frilans dizaynerlar

O'z xizmatlarini xalqaro bozorda taqdim qilib, mijozlar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlashni boshlamoqchilar.

Karyerasini o'zgartirmoqchilar

Boshqa sohadan UX/UI dizaynga professional o'tib, yangi karyera qurish yo'lini izlayotganlar.

AI bilan ishlashni o'rganmoqchilar

Sun'iy intellekt vositalarini (ChatGPT, Galileo AI) dizayn jarayoniga integratsiya qilib, ish tezligini oshirmoqchilar.

Kursni o'qib nimalarga erishasiz?

  • 01

    Middle/Senior UX/UI dizayner

    Boshlovchi darajadan o'sib, mustaqil ravishda murakkab mahsulot dizayni loyihalarini boshqarish.

  • 02

    Mahsulot dizayneri

    Dashboard, CRM, mobil ilova va SaaS platformalari ustida professional darajada ishlash.

  • 03

    Redesign mutaxassisi

    Mavjud sayt va ilovalarni zamonaviy talablar asosida qayta loyihalash bo'yicha kompetent ekspert.

  • 04

    AI bilan ishlovchi dizayner

    ChatGPT va Galileo AI vositalaridan foydalanib, dizayn jarayonini 3-5 barobar tezlashtirish.

  • 05

    Xalqaro frilanser

    Upwork, Toptal va boshqa xalqaro platformalarda professional xizmatlar taqdim qilish.

  • 06

    Raqobatbardosh portfolio egasi

    Real keyslarga asoslangan (ilmizla.uz, Instavibe.uz, Dashboard, App) kuchli portfolio yaratish.

  • 07

    Intervyuga tayyor kandidat

    hh.uz va xalqaro saytlar uchun professional CV bilan dizayn intervyusiga to'liq tayyor mutaxassis.

Talablar

  • Figma asoslari (Foundation kursi yoki ekvivalent tajriba)
  • Kompyuter (macOS, Windows yoki Linux) va barqaror internet
  • Haftaga 5-10 soat o'rganishga vaqt ajrata olish
  • Amaliyot loyihalarini bajarish va portfolio yaratishga tayyorlik
  • Asosiy ingliz tilini bilish foydali (AI vositalar bilan ishlash uchun)

Vositalar va texnologiyalar

Figma
Auto Layout
Components
Variants
UI Kit
Style Guide
Color Tokens
Wireframe
UserFlow
CJM
ChatGPT
Galileo AI

Kurs muallifi

Ismoil Safarov

Ismoil Safarov

Senior UX/UI Designer · Insan Agency asoschisi

Ismoil Safarov — 9 yillik tajribaga ega Senior UX/UI dizayner. Dashboard, CRM, mobil ilova va onlayn ta'lim platformalarini ishlab chiqargan. Insan Agency asoschisi sifatida o'nlab xalqaro va lokal loyihalarni boshqargan. Bu kursda nazariya emas — real keyslar va amaliyot asosida o'rgatadi.

Ta'lim jarayoni qanday tartibda?

01

Videodarslar

Sifatli HD video darslar orqali bilim oling. Kurs muddati davomida cheksiz takror tomosha qilishingiz mumkin.

02

Amaliyot

Har bir dars amaliy mashg'ulot bilan tugaydi. Bilimni real loyihalarda darhol qo'llaysiz.

03

Telegram qo'llab-quvvatlash

Yopiq Telegram guruhda mentor va o'quvchilar bilan savollaringizni yeching.

Sertifikatni qo'lga kiriting!

Kurs darslarining kamida 80 foizini tugatgan har bir o'quvchi Insan Academy'ning sertifikatiga ega bo'ladi. Uni LinkedIn profilingiz, rezyume va ish beruvchilar oldida bilimingizning rasmiy isboti sifatida ko'rsatishingiz mumkin.

Tez-tez beriladigan savollar

Kurs Foundation'dan qanday farqi bor?

Foundation — Figma va asosiy UX/UI nazariyasi. Praktikum esa amaliyotga to'liq qaratilgan: Dashboard, CRM, App Design, redesign, AI vositalari va karyera strategiyasi.

Foundation'ni o'qimaganman, Praktikum'ga to'g'ri kira olamanmi?

Tavsiya etmaymiz. Praktikum o'rta-yuqori daraja uchun. Avval Foundation (bepul) yoki Figma'ni o'rta darajada bilish kerak.

Narx 500 000 so'm — bu bir martalikmi?

Ha, bir martalik to'lov. Kursga to'liq dostup va barcha materiallar umrbod beriladi. Kelajakdagi yangilanishlar ham bepul.

Sertifikat beriladimi?

Ha, kursni kamida 80% o'zlashtirgan har bir o'quvchi Insan Academy sertifikatiga ega bo'ladi va portfolio'siga qo'shishi mumkin.

Kursni tugatish uchun qancha vaqt kerak?

Jami 20+ soat video material. Har kun 1-2 soat ajratsangiz, taxminan 6-8 haftada amaliyotlar bilan birga tugatasiz.

AI dasturlari (ChatGPT, Galileo) pulli emasmi?

ChatGPT'ning bepul versiyasi yetarli. Galileo AI'da ham bepul tariflar mavjud — kurs ichida bepul darajada qanday ishlash o'rgatiladi.

Amaliyot vazifalari qanday tekshiriladi?

Har modul oxirida amaliyot vazifasi bor. Vazifalaringizni Telegram guruhga yuborasiz, mentor va boshqa o'quvchilar fikr-mulohaza beradi.

Frilans bozorida real ish topishga yordam beradimi?

Ha, kursning 5-modulida (Muvaffaqiyatli karyera) Portfolio, CV, hh.uz, freelance ish turlari va mijoz bilan ishlash bo'yicha to'liq strategiya beriladi.

Hozir kursni boshlang!

AI sizni almashtirmaydi — AI bilan ishlay oladigan odamlar almashtiradi. Birinchi bo'lib siz boshlang.

Kursni boshlang